TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Rossiyaning Tu-160 strategik bombardimonchi samolyotlari 19-sentabr kuni yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.
“Bugun uzoq parvozlar ikki ekipaji Tu-160 strategik raketa tashuvchilarida uzoqqa parvoz qilish va parvoz davomiyligi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishdi. Rossiya HKK uchuvchilari 25 soatdan ko‘proq vaqt havoda bo‘lib, 20 ming kilometrdan ortiq masofani uchib o‘tishdi”, - Rossiya Havo-kosmik kuchlari uzoq parvozlar qo‘mondoni, general-leytenant Sergey Kobilash.
Kobilash ushbu toifa samolyotlarda hali hech kim bundan uzoqqa uchmaganligini qo‘shimcha qildi.
2010 yildagi avvalgi rekordni ham Tu-160 o‘rnatgan. O‘shanda parvoz 24 soatu 24 daqiqa davom etgan.
Tu-160 bombardimonchi samolyotlari parvozi yo‘nalishi Shimoliy Muz okeani, Tinch okeani, Karsk dengizi, Laptevlar, Shariy-Sibir, Chukotka, Barensevo dengizlarining neytral hududlari bo‘ylab o‘tgan.
Amerika jurnali Rossiyaning eng xavfli jangovar samolyotini aytdi
Parvoz va qo‘nish Saratov viloyatidagi Engels aerodromida sodir bo‘ldi. To‘xtovsiz parvoz paytida Tu-160 samolyoti olti va Il-78 samolyoti uch marotaba havoda yonilg‘i quyishni amalga oshirdi. Marshrutning ayrim bosqichlarida raketa tashuvchilarga Su-35 qiruvchilari, shuningdek, xorijiy davlatlarning samolyotlari hamrohlik qildi. Rossiya bombardimonchilarining parvozi havo hududidan foydalanish bo‘yicha xalqaro qoidalarga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirilgan.