Belarus YeI sanksiyalariga xalqaro tashkilotlardan chiqish bilan javob qaytaradi - Makey

Belarus TIV rahbari chet el siyosatchilarini to‘xtashga va vaziyatni ortga qaytarib bo‘lmaydigan nuqtaga olib borib taqamaslik uchun o‘ylab ko‘rishga chorladi.
Sputnik

TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Belarus Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga javob qaytarishi va xalqaro tashkilotlardan chiqish masalasini o‘rtaga tashlashi mumkin, deb bayonot qildi Belarus TIV rahbari Vladimir Makey BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi umumiy muzokaralari davomida. Stenogramma idora saytida e’lon qilingan.

Yevropa parlamenti Lukashenkoni Belarus prezidenti deb tan olmadi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun tayyorlangan sanksiyaviy ro‘yxat loyihasi tayyorlab qo‘yilgan, Minsk YeIning tegishli qarori qabul qilinishini kutmoqda, dedi respublika tashqi ishlar vaziri.

"Tabiiyki, biz Yevropa Ittifoqi qaroriga adekvat javob qaytarishga majbur bo‘lamiz. Bunda, albatta, YeIning turli tuzilmalari vakillari, shuningdek, Yevropa Ittifoqining alohida a’zo-mamlakatlari va vakillariga nisbatan personal sanksiyalar ham bo‘ladi. Ro‘yxat loyihasini tayyorlab qo‘yganmiz. Biz uni YeIning tegishli qarori qabul qilinganidan so‘ng darhol ishga tushirishga tayyor bo‘lamiz", -deb bayonot qildi Makey.

U shuningdek, agar Belarusni shunga majbur qilishsa, mamlakat ko‘rishi mumkin bo‘lgan boshqa "mutlaqo radikal choralar" to‘plami ham mavjudligini qayd etdi.

Belarus Litva va Polsha bilan chegaralarni yopdi

"Biz faoliyati Belarussiz ma’nosini yo‘qotadigan turli tashabbuslar, tashkilotlarda o‘z ishtirokimizni qayta ko‘rib chiqishimiz mumkin", - deya ishontirdi Makey.

Vazir o‘z chiqishi davomida chet ellik siyosatchilarni, kech bo‘lmasidan, holatni to‘g‘rilab bo‘lmaydigan chiziqqa taqamasdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rishga, to‘xtashga va respublikadagi vaziyatga idrok bilan baho berishga urinib ko‘rishga chaqirgan.

"Belarus davlati rahbari qo‘shnilar bizga Xudo tomonidan berilganini, biz birga yashashga mahkum ekanligimizni, shu bois barcha muammolarga konstruktiv normal yo‘nalishda yechim topish yo‘llarini topishimiz kerakligini ko‘p bora aytgan. Afsuski, so‘nggi vaqtlarda biz qo‘shnilarimiz, birinchi navbatda, Litva va Polsha tomonidan shunday konstruktiv yondashuvni ko‘rmayapmiz… Hamkasblarim bir muddat to‘xtab, o‘ylab ko‘rishlarini, holatga xolisona, idrok bilan baho berishlarini va uni ortga qaytarib bo‘lmaydigan bir nuqtagacha olib borib taqamasliklarini xohlardim", - degan Makey.

Nosog‘lom faollik: Amerika Belarus chegarasi yaqinida nimadir qilmoqda

Keyin nima bo‘ladi?

TIV rahbari respublikada rejalashtirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar haqida ham so‘zladi. Uning aytishicha, siyosiy partiyalar jamiyatda muayan rolni o‘ynashlari kerak, ammo ular sun’iy yaratilgan va destruktiv bo‘lishi nojoiz.

"Belarus prezidenti konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif tayyorlanayotganini ma’lum qildi... Menimcha, mamlakat siyosiy tizimni takomillashtirish bo‘yicha ma’lum takliflar kiritiladi. Mening tushunchamga ko‘ra siyosiy partiyalar jamiyatda muayan rol o‘ynashi kerak ", - dedi Makey.

Makeyga ko‘ra, partiyalar destruktiv bo‘lishi kerak emas.

"Bu partiyalar qanday rol o‘ynashi kerak, degan muhim savol turibdi. Agar ular roli destruktivdan iborat bo‘lib, shu paytga qadar yaratilgan hamma narsani yo‘q qilishga yoki ustidan mag‘zava ag‘darishga qaratilgan bo‘lsa, bu partiyalar faoliyatidan ne naf?", - degan vazir.

Idora rahbari respublika prezidenti tomonidan boshlangan konstitutsiyaviy islohotlar doirasida ichki siyosiy tizimni rivojlantirishga qaratilgan bir qator tadbirlarni amalga oshirish vaqti kelganini ta’kidladi.