Isroil dunyoda birinchi bo‘lib takroriy karantinni joriy qildi

Avval boshdan odamlarga uydan 500 metr masofaga uzoqlashish ta’qiqlanishi rejalashtirilayotgan edi, ammo natijada hukumat ruxsat berilgan masofani bir kilometrgacha uzaytirdi.
Sputnik

TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Isroilda koronavirus tufayli takroriy umummilliy karantin kuchga kirdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Sobanin masofadan turib ishlashni davom ettirishni taklif qildi

Cheklovlar uch haftaga uzaytirilishi imkoni bilan kiritilmoqda. Karantin cheklovlari yahudiylarning kuzgi bayramlari vaqtida ham amal qiladi, deyiladi xabarda.

Avvalroq odamlarga uydan 500 metr masofaga uzoqlashishni ta’qiqlash rejalashtirilayotgan edi, ammo natijada hukumat ruxsat berilgan masofani bir kilometrgacha uzaytirdi.

Ruxsat etilgan masofadagi parklarga, bolalar maydonchalari va diniy ibodatlarga chiqish mumkin.

Bir kilometrdan ortiq masofaga faqatgina ishga, dori-darmonga, birinchi ehtiyoj tovarlari, og‘ir sharoitdagi odamlarga yordam, dafn marosimlari, sud yoki donorlik markaziga borish mumkin.

Shuningdek, norozilik aksiyalarida ishtirok etish uchun ham karantin qoidalarini buzish mumkin.

Isroil hukumati mehmonga borish, plyajlarda dam olish, o‘n kishidan ortiq kompaniyalarda yig‘ilishni cheklagan.

Ta’lim va ko‘ngilochar muassasalari, kafe, restoranlar va sport klublari, savdo markazlari, sartaroshxonalar va go‘zallik salonlari qatorida yopiq.

Ben Gurion nomidagi aeroport mamlakatga kelib-ketuvchilar uchun joriy etilgan qoidalar asosida o‘z ishini davom ettirmoqda. Isroilga chet elliklarning kelishi bo‘yicha cheklovlar mart oyi o‘rtasidan boshlab amal qilmoqda.

Rus vaksinasini yo‘q qilish: katta siyosatning kichik o‘ljasi

Karantin cheklovlariga amal qilinishini minglab politsiyachilar nazorat qilishadi. Ular asosan tushuntirish ishlarini olib boradilar, "chidab bo‘lmas" holatlar uchun jarimalar ko‘zda tutilgan.

Takroriy karantinning zarurligini o‘zining maxsus murojaatida bosh vazir Binyamin Netanyaxu tushuntirib o‘tgan.

"Mening bosh vazir sifatidagi majburiyatlarim va mas’uliyatim nafaqat sizning sog‘lig‘ingiz, balki hayotingiz uchun ham qayg‘urishdan iborat. Agar geometrik progressiyada o‘sish bor ekan, siz buning nimaligini tushunishingizni istardim: bu faqatgina noqulaylik emas, bu faqatgina og‘ir kasallarning ko‘pligi emas, bu shunday holatki, hatto kasalxona koykalari ko‘paytirilsa ham - biz ular sonini ko‘paytirdik, hatto zarur bo‘lgan IVL apparatlari qo‘shilsa-da - biz uni ham qo‘shdik, hatto vrachlar va hamshiralar soni ko‘paytirilganidan keyin ham brigadalar kasallanish tezligini boshqara olmayaptilar - hamma narsaning o‘z chegarasi bor. Buning ortidan qurbonlar soni ortmoqda", — dedi u.

Dunyoga yangi pandemiya chang solmoqda

Bosh vazir shuningdek, aholi va tadbirkorlarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash dasturi to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tgan.

Dasturga ko‘ra, ayrim yuqori lavozimli davlat xizmatchilarining maoshini 10 foizga qisqartirish, biznesga yordam ko‘rsatish kriteriylariga o‘zgartirish kiritish (bu tovar aylanmasi kamida 25 foizga pastlagan korxonalarga chiqimlarni qoplab berishni nazarda tutadi), pul to‘lovlarini tezlashtirilgan tartibda olish, mahalliy soliq to‘lovlarida yordam singari bandlarni o‘z ichiga olgan.

Isroil umummilliy karantinni takroran e’lon qilgan birinchi davlatga aylandi. Karantin cheklovlari may oyida, bemorlar qayd etilishi sutkasiga bir nechtagacha pastlaganda bekor qilingan edi. Xususan, Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, Isroilda 16-may kuni faqatgina 2 kishi COVID-19ni yuqtirgan. Ammo iyun oyidan boshlab bemorlanish holatlari yana o‘sishni boshladi, sentabr o‘rtalariga kelib sutkasiga olti minggacha yetdi. Pandemiya davomida 1169 kishi vafot etdi.