O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat chegaralari yopiqligicha qolmoqda

Ta’kidlanishicha, mamlakatlar o‘rtasida aviaqatnovlar qayta tiklangani chegarani yer usti transporti bilan yoki piyoda kesib o‘tish mumkinligini anglatmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Qozog‘iston aviaqatnovlar tiklanganiga qaramasdan O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan davlat chegaralarini ochgani yo‘q. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi avtoyo‘l ochildi

Ta’kidlanishicha, yer usti transporti bilan yoki piyoda chegaralarni kesib o‘tish yopiqligicha qolmoqda.

“Chegaralar hozircha yopiq, faqat ayrim mamlakatlar bilan aviaqatnovlar qayta tiklangan”, - deyilgan xabarda.

Chegaralarni to‘liq ochish to‘g‘risidagi qarorni idoralararo komissiya Qozog‘iston davlat bosh sanitar shifokori bilan birgalikda respublikadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston 11-sentabrdan rasman muntazam parvozlarni qayta tiklagan edi.