Qayg‘uli muhabbat: Namanganda yigit va qiz o‘z joniga qasd qildi

Sevishganlar dala maydoniga borib, o‘zlari bilan olib kelgan osh pichoq bilan dastlab qiz yaxshi ko‘rgan yigitining qorin qismiga bir marotaba urgan, so‘ngra pichoqni yigitga bergan va o‘zining qorniga urishini so‘ragan.
Sputnik

TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Namanganda sevishganlar ota-onasini qo‘rqitib qo‘yish maqsadida o‘z jonlariga qasd qilishdi, natijada qiz vafot etdi.

Parkentda ayol unga gap otgan yigitni pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi

Hodisa 15-sentabr kuni sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida yashovchi 21 yoshli I.M va 20 yoshli K.M ota-onalari ularning turmush qurishlariga qarshilik qilganidan norozi bo‘lib, o‘zaro kelishgan holda, o‘z jonlariga qasd qilishga qaror qilgan.

Sevishganlar dala maydoniga borib, dastlab qiz yaxshi ko‘rgan yigitining qorin qismiga bir marotaba urgan, so‘ngra pichoqni yigitga bergan va o‘zining qorniga urishini so‘ragan.

Yigit pichoq bilan qizning qorin qismiga bir marotaba urgan vaqtida, qiz hushidan ketishi oqibatida pichoq qizning qorin qismiga chuqur kirib ketgan. Qiz vafot etgan. I.M esa shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkentda mast ota-ona 5 yoshli qizini o‘ldirib, murdasini o‘choqda yoqib yubordi

Ushbu holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, I.M va K.M lar besh yil davomida sevishib, uchrashib yurgan. Ammo qizni otasi boshqa yigitga unashtirib qo‘ygan. 14-sentabr kuni sevgan qizining otasini oldiga borib, qizini unga berishini so‘raganda, ota rozi bo‘lmagan.

Shundan so‘ng, 15-sentabr kuni I.M va K.M o‘zaro telefon orqali kelishib, Kosonsoy tuman markazidagi "Istirohat" bog‘i oldida ko‘rishib, Kosonsoy tuman markazida joylashgan dehqon bozoridan 1 dona osh pichog‘ini 4000 so‘mga sotib olib, shu yaqin atrofdagi fermer xo‘jaligi dala maydoniga borib bir-birlariga pichoq urishgan.