TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Yevropa parlamenti deputati chiqarilgan rezolyutsiyada Rossiya bilan munosabatlarni ko‘rib chiqishga va Aleksey Navalniy atrofidagi holat tufayli RFni "izolyatsiya qilishda davom etishga" chaqirishdi, deb xabar beradi RIA Novosti.
Ushbu hujjatni muhokama qilish ishlari chorshanba va payshanba kunlari bo‘lib o‘tmoqda.
Yevropa parlamentida Yevropa va Rossiya munosabatlarida strategik qayta baholashni o‘tkazish taklif etildi. Parlamentariylar Moskvaga xalqaro forumlarda, jumladan, G7 va boshqalarida boykot e’lon qilish, shuningdek, turli platformalarda u bilan hamkorlikni qayta ko‘rib chiqish taklifini ilgari surdilar.
Deputatlar YeI, BMT, Yevropa kengashi va OZXO ishtirokida Navalniy bilan bog‘liq hodisa ustidan tekshiruv boshlashga chaqirishdi.
Navbatdagi bor "Shimoliy oqim - 2" bo‘yicha hamkorlikni to‘xtatishga da’vatlar yangrai, shuningdek, Ukraina bo‘yicha minsk kelishuvlarining bajarilishi, YeI sharqiy hamkorlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, Yevropa ittifoqining energetik xavfsizligini ta’minlash, xalqaro masalalarda YeS manfaatlarini ko‘zlovchi Yevropa-Rossiya hamkorligini rivojlantirish, va nihoyat, Rossiyadagi fuqarolik jamiyatini va Rossiya hamda Yevroittifoq xalqlari o‘rtasidagi aloqalarni qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga olgan beshta tamoyilga amal qilish bo‘yicha navbatdagi bor da’vatlar yangrab o‘tdi.
Yigirma to‘qqizinchi avgust kuni ichida Navalniy bo‘lgan, Tomskdan Moskvaga qarab yo‘l olgan samolyot shoshilinch Omskda qo‘ndirilgani, jamoat arbobining parvoz vaqtida salomatligi yomonlashgani haqida xabar berildi. Uni birinchi raqamli tez tibbiy yordam kasalxonasiga yetkazishdi. Bemor bu vaqtda komaga tushgan edi. Rossiyalik vrachlar Navalniyga qo‘ygan ishchi tashxisga ko‘ra, blogerda uglevod balansi va moddalar almashinuvining buzilishi holati kuzatilgan.
Ertasi kuni Navalniy va uning rafiqasi Yulya xususiy samolyotda Omskdan Berlinga qarab yo‘l oldi. Rossiya fuqarosi Berlinning "Sharite" klinikasiga olib ketildi.