WBC reytingida o‘zbek bokschilari qaysi o‘rinlarda

Butunjahon boks uyushmasi (WBC) sentabr oyi uchun bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Undan 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan.
Sputnik

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Butunjahon boks uyushmasi (WBC) sentabr oyi uchun bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

WBC boshqa tashkilotlardan farqli ravishda kuchli 15 bokschini emas, 40 nafar charm qo‘lqop ustasi reytingini e’lon qiladi.

Shahram G‘iyosovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Ta’kidlanishicha, e’lon qilingan reytingdan 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan. Birinchi o‘ta yengil vazn toifasida (-48,9) Hasanboy Do‘smatov avvalgi oydagi kabi 32-pog‘onada qolgan.

Birinchi yarim o‘rta vazn toifasida (-63,50 kg) uch nafar o‘zbekistonlik WBC reytingida TOP-40dan joy olgan. Shohjahon Ergashev WBC reytingida 24-pog‘onadan joy olgan. Yana bir charm qo‘lqop ustasi Anvar Turopov esa 39-o‘ringa joylashgan. Shahram G‘iyosov esa 40-o‘rinni egallab turibdi. Shahram o‘tgan oy ushbu reytingda qayd etilmagandi.

Iordaniyadagi turnirda o‘zbek bokschilari umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

Birinchi o‘rta vazn toifasida (-69,8 kg) ayni paytda WBA qit’alararo chempionlik kamari sohibi bo‘lib turgan Isroil Madrimov yangilagan reytingning 22-pog‘onasiga ko‘tarilib oldi. Ushbu vaznda bir necha kun oldin Moskva shahrida jang o‘tkazib, WBC Youth kamarini qo‘lga kiritgan Ravshan Mahammadjonov 40-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ikkinchi o‘rta vazn toifasidagi Azizbek Abdug‘ofurov (-76,2 kg) ikkinchi o‘rindan oltinchi o‘ringa tushib ketgan. Azizbek ayni paytda WBC Silver kamari sohibi hisoblanadi. Mazkur vaznda, shuningdek ,Bektemir Meliqo‘ziyev 39-pog‘onadan 37-o‘ringa ko‘tarilgan.