Olimlar Venera sayyorasida hayot izlarini topishdi

Kardiff universiteti (Britaniya) va Massachusets texnologik universiteti (AQSh) olimlari Venera (Zuhro) atmosferasida fosfin gazini topishdi.
Sputnik

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Kardiff universiteti (Britaniya) va Massachusets texnologik universiteti (AQSh) olimlari Venera (Zuhro) atmosferasida fosfin gazini topishdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Marsda hayot borligining yangi dalillari topildi

“Zuhro atmosferasida fosfin borligi Gavayidagi Jeyms Klark Maksvell teleskopi va Chilidagi Atakam radioteleskoplar tizimi yordamida kashf qilindi. Fosfin zarralarining konsentratsiyasi milliardga 20 tani tashkil etdi.”, - deydi olim.

Fosfin – bu rangsiz, o‘ta zaharli gazdir. Yer sayyorasida uni anaerob, ya’ni kislorod mavjudligini talab etmaydigan mikroorganizmlar ishlab chiqaradi. 2019-yilda ekzosayyoralar (boshqa yulduzlar) atmosferasida fosfinni qidirishni ularda hayot borligini anglatuvchi belgi etib belgilash taklif qilingan.

Shu bilan birga, manba ta’kidlashicha, fosfin topilishi Venerada hayotning borligini anglatmaydi, chunki gaz noma’lum tabiiy jarayonlar natijasida hosil bo‘lishi mumkin. Olimlar hanuz gazning biologik bo‘lmagan kelib chiqish usullarini topa olmadilar.

Marsda g‘alati g‘or topildi

Kashfiyot haqidagi ma’lumotlar onlayn press-konferensiya paytida ommaga ma’lum qilinadi, shundan so‘ng " Nature" nashrida chop etiladi.

Bu Venerada hayot borligi haqidagi birinchi taxmin emas. 2012-yil yanvar oyida “Astronomicheskiy vestnik” ilmiy jurnali, Rossiya Fanlar akademiyasining kosmik tadqiqotlar institutining bosh ilmiy xodimi Leonid Ksanfomaliti sovet “Venera-13” stansiyasining qo‘nish modulidan olingan tasvirlarni tahlil qilish bo‘yicha maqola chop etdi.

Ularda u hasharotlarga o‘xshash bo‘lgan bir nechta obyektlarni topdi, olim ularni tirik deb hisobladi. Biroq, ko‘pchilik hamkasblar shubha bilan qarashdi.

Ayni vaqtda Rossiya va AQSh Veneraga tushish uchun “Venera-D” kosmik kemasini yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.