Nosog‘lom faollik: Amerika Belarus chegarasi yaqinida nimadir qilmoqda

Rossiya o‘z chegaralari yaqinida NATO havo razvedkasi hamda strategik bombardimonchilar parvozlarini payqamoqda. Bu nimadan darak berishi mumkin?
Sputnik

TOShKENT, 15 sen — Sputnik, Nikolay Protopopov. Quruqlik qo‘shinlari, bombardimonchi va qiruvchi samolyotlar, dengiz kuchlari - Pentagon va NATO Belarus chegarasi yaqinida yana faolligini oshirmoqda.

Yaqinda Litvada AQShning tank bataloni joylashtirildi. U  “Atlantik qat’iylik” harbiy operatsiyasida ishtirok etadi.

Boltiqbo‘yidagi “do‘stlar”

Bir necha o‘nlab Abrams tanklari, Bradley piyodadar jangovar mashinalari, zirhlangan yo‘ltanlamaslar – Pabrad poligonida kichik armiya paydo bo‘ldi. Biroz oldin amerikaliklar Litvaga aviatsiya hamda Apache va Black Hawk vertolotlarini yuborishgan edi.

Rossiya Su-24lari va Amerika Donald Cook kemasi: Boltiqbo‘yi mintaqasida nima ro‘y bermoqda

Belarus Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, chegaradan 15 km masofada bo‘lgan  poligonga 500 nafar askar, 29ta tank va 43ta piyodalar jangovar mashinalari jamlangan.

Litva esa ushbuni – litva qo‘shinlari amerikalik harbiylar bilan birga o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotgani bilan izohladi. Ushbu manyovrlar reja bo‘yicha amalga oshirilmoqda va uchinchi mamlakatlarga qarshi qaratilmagan, - deb izohladi.

Aytish joizki, Vilnyus amerikaliklardan Litva poligonlarida imkon qadar tez-tez ana shunday mashg‘ulotlar o‘tkazib turishni so‘rashmoqda. Xorijiy mehmonlar uchun qulay sharoit yaratish qo‘shni davlat hukumatining asosiy vazifalaridan biriga aylangan.

Amerika qo‘shinlarining “Atlantik qat’iylik” dasturi Oq uyning oldingi rahbari vaqtida boshlangan edi, - deydi  harbiy ekspert “Valday”klubi a’zosi Artem Kureyev. — ushbu dastur Belarus voqealari bilan bevosita bog‘liq emas. Lekin koronavirus pandemiyasiga qaramasdan amerikalik harbiylar rotatsiya grfikiga qat’iy rioya qilgan holda rejadagi dasturlarini amalga oshirmoqda.  

Eslatib o‘tamiz “Atlantik qat’iylik” dasturi 2014-yilda Qrim Rossiyaga qo‘shilganidan so‘ng ishga tushgan edi. O‘shanda amerkaliklar “Rossiya agressiyasi”  bahonasida Yevropaning turli davlatlarida qo‘shinlarini joylashtira boshlagan edi.

Nosog‘lom faollik

Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, NATO 2014-yildan boshlab Rossiya chegaralari yaqinida harbiy faollikni 2 baravar oshirgan. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu aytishiga qaraganda Shimoliy Atlantika alyansi sovuq urush davridagi qarama qarshilikka qaytishga harakat qilmoqda: NATO Sharqiy Yevropada harbiy infratuzilmani hamda raketaga qarshi tizimlarni rivojlantirmoqda.

“Jiddiy tuzoq”: siyosatshunos NATO mashqlari nimasi bilan Yevropa uchun xavfliligi haqida

Boltiqbo‘yidagi harbiy kuchlar soni kamaymasligi aniq, - deydi Kureyev. – Ushbu mamlakatlar rahbarlari uchun o‘z saylovchilariga “rus tahdidi”dan himoya sifatida AQSh bilan hamkorlik rivojlantirilayotganini namoyish qilish kerak. Bu bilan ular o‘zlarining iqtisodiy muvaffaqiyatsizliklari hamda portlar to‘liq ishlamotganini oqlashi mumkin.

Undan tashqari, Germaniyadan farqli o‘laroq, Latviya, Estoniya va Litva begona armiyani o‘z hisoblaridan boqishga rozi.

AQSh qo‘shinlari harakatlanishini Yevropa ko‘chalarida tez-tez ko‘rib turish odatiy holga aylangan. Ularning Yevropadagi eng katta plasdarmi Polshada joylashgan. Hozir bu yerda 4,5 mingga yaqin harbiylar bor. Yaqinda ular yana ming kishiga ko‘payadi.

Vashington va Varshava kengaytirilgan harbiy hamkorlik haqida shartnoma imzolashdi. Unga ko‘ra Polshada AQSh kuchlarining qo‘mondonlik-shtab tizim yaxshilanadi, jangovar tayyorgarlik markazlari yaratiladi hamda harbiy transport va aviatsiya bo‘limlarini hamda maxsus kuchlarni tezda joylashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi.

NATO va Yevropa ittifoqining sevimli Rail Baltica loyihasi qanday barbod bo‘lmoqda

Bunda AQSh Rossiya bilan NATO orasida 1997-yilda imzolangan Asosiy bitimning shartlarini mohirlik bilan aylanib o‘tmoqdalar. Bitimga ko‘ra Alyans o‘zining sharqiy chegaralarida katta miqdorda harbiy kuchlarni doimiy joylashtirmasligi kerak edi.

Rossiyani “qo‘rqitish” maqsadida Yevropaga o‘nlab samolyotlar va vertolotlar olib kelindi. Polshada F-16 qiruvchilari va C-17 Hercules tranport samolyotlari joylashtirildi. Litvaga ba’zi ba’zida qiruvchi samolyotlar yuboriladi. O‘z kuchini namoyish qilish maqsadida Pentagon NATOdagi ittifoqchilari aerodromlariga o‘zining 5-avlod “ko‘rinmas” F-35 Lightning va F-22 Raptor samolyotlarini ham yuborib turadi. Polshada esa razvedka-jangovar MQ-9 Reaper uchuvchisiz apparatlari bazasi qurilmoqda.

Kuch namoyishi

Yevropada AQSh strategik aviatsiyasi faol ishlamoqda. Avgust oxirida uchta V-52N bombardimonchi samolyotlari Kaliningradga qanotli raketalar bilan zarba berish ssenariysini mashq qilishdi. “Strateglar”  Britaniyaning Ferford aviabazasidan osmonga ko‘tarilib Niderland, Germaniya, Polsha ustidan uchib o‘tishdi va Estoniyaning Tapa poligoni hududida ustida Rossiya hududidagi obyektlar bo‘yicha raketa zarbalari berishdi.

NATO davlatlari yadroviy urushga tayyorgarlik ko‘rmoqdami?

Sentabr boshida “uchuvchi qal’alar” Ukraina ustidan sekin uchib o‘tishgan edi. O‘shanda 3ta samolyot ilk bor Ukraina havo hududiga kirib kelib, ushbu davlat qiruchilari kuzatuvi ostida Azov dengizigacha uchib borib orqaga qaytishgan edi.

Rossiya havo-kosmik kuchlari bosh qo‘mondoni Sergey Surovikin aytishiga ko‘ra, faqatgina bir haftda ichida— 28-avgustdan 4-sentabrgacha — AQSh bombardimonchi samolyotlari G‘arbiy va Sharqiy Yevropa osmonida 10ta yakka va guruhli parvozlar amalga oshirishdi. Undan tashqari o‘nlab turli xil razvedkachilar Rossiya chegaralari bo‘ylab sekn uchib o‘tmoqda – Rossiya havo kuchlari qiruvchilariga ularni “tutib olish” uchun kuniga bir necha bor osmonga ko‘tarilishga to‘g‘ri kelmoqda.

Kureyev aytishiga qaraganda Rossiya, o‘z hududi bo‘ylab turli zarba berish ssenariyalarini, Xitoydan farqli o‘laroq, xotirjam qabul qilmoqda. Pekin bunga juda asabiy munosabatda bo‘lib, darhol o‘z harbiy quvvatini namoyish qilishga harakat qilmoqda”, - deydi ekspert.

"Hammasi jiddiy": nima uchun NATO Rossiya chegara yaqinidagi suvlarda mashq o‘tkazmoqda

AQSh suv havzalarini ham diqqatsiz qoldirmayapti. Ularning kemalari nafaqat Qora dengizda tez-tez mehmon bo‘lmoqda, balkin avgust oxirida AQSh Norvegiyaga ham USS Seawolf dengiz kemalarini joylashtiridi. Biroz oldin esa NATO kemalari Shimoliy Anlantikaning Islandiya qirg‘oqlari yaqinida kemalarga qarshi mashg‘ulotlar o‘tkazgan edi.

May oyida amerika floti 30-yildan ortiq vaqt ichida birinchi marotaba Baretsovo dengiziga kirib keldi. "Porter", "Donald Kuk",  "Franklin Ruzvelt"  raketa kreyserlari ekipajlari hamda Britaniyaning "Kent" fregati murakkab iqlim sharoitlarida harakat qilishni o‘rganishgan edi.

Bularning barchasi alyans tomonidan Shimolda o‘z harbiy potensialini kuchaytirish. Balkim Rossiya Shimoliy flotining quvvati oshib borayotganidan darak beradi. Axir AQSh SSSR tarqalib ketgani va Sovuq urush tugaganidan so‘ng Rossiya flotini jiddiy raqib sifatida tan olmayotgan edi.