"Sergeli" metrosi qurilishi qoplama ishlari bosqichiga o‘tdi - foto

Sergeli yo‘nalishida qurilayotgan metro bekatlarida yer kavlash, temir-beton ishlati tugatilib elektrlashtirish va qoplama ishlari olib borilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 14 sen - Sputnik. O‘zbekiston Transport vazirligi Sergelida qurilayotgan metro bekatlari haqida ma’lumot berdi. 

"Sergeli" yo‘nalishining uzunligi 6,9 kilometrdan iborat. Yangi yo‘nalish "Choshtepa", "Toshkent xalqa yo‘li", "Sergeli", "Afrosiyob", "Qipchoq" bekatlaridan iborat.

"Sergeli" metrosi qurilishi qoplama ishlari bosqichiga o‘tdi - foto

Ushbu kunga qadar yer osti ishlari tugatilgan va temir-beton konstruksiya ishlarining 100% bajarilgan, 1400 dan ortiq temir-beton balkalar montaj qilingan.

"Sergeli" metrosi qurilishi qoplama ishlari bosqichiga o‘tdi - foto

Ayni kunlarda yer usti metro liniyalarida temiryo‘l panjaralarini o‘rnatish, elektrlashtirish ishlari olib borilmoqda. Yuqoridagi bekatlarda qurilish ishlari tugatilib, ayni chog‘da ularda qoplama ishlari amalga oshirilmoqda.

"Sergeli" metrosi qurilishi qoplama ishlari bosqichiga o‘tdi - foto