O‘zbekistonda koronavirus: 14-sentabr asosiy xabarlari

Sutka davomida 461 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 47 836 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

FVV tizimida ikki nafar xodim koronavirus asoratlari tufayli vafot etdi

Bir sutka davomida 461 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 47 836 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 192 nafari Toshkent shahrida, 17 nafari Andijon viloyatida, 7 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 373 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 44 375 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 93 foizga yetdi.

Ayni paytda 3 065 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Sergeli tumanida yashagan 57 yoshli R.R. (ayol) hamda Yunusobod tumanida yashagan 33 yoshli L.M. (ayol), Yakkasaroy tumanida yashagan 70 yoshli R.G. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 56 yoshli M.A. (ayol) vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 396 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Salom, maktab

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha 2635ta maktablarda an’anaviy darslar boshlandi, ushbu hisobga 7-sentabrda ochilgan maktablar soni ham qo‘shilgan.

Shuningdek, ota-onalar ham bolalarini maktabga yuborish yoki yubormaslik haqida o‘zlari qaror qabul qilishlari mumkin. Maktabga bormagan bolalar esa “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali ta’minlanadi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 28,9 milliondan oshdi, 922 ming kishi vafot etdi, 19,5 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (6,5 mln), Hindistonda (4,8 mln), Braziliyada (4,3 mln).