“Korean and migration xususiy bandlik agentligi” mansabdorlari uzoq muddatga qamaldi

Yakkasaroy tuman sudi fuqarolarni katta pulga chuv tushirgan “Korean and migration xususiy bandlik agentligi” mansabdorlari ustidan hukm chiqardi.
Sputnik

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida “Korean and migration xususiy bandlik agentligi” mansabdorlariga sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Sud hukmiga ko‘ra:

Korean and migrations” xususiy bandlik agentligi” MChJ direktori Qahramon Otaqulov uzil-kesil 9 yil;

Agentlikning Namangan viloyat filiali direktori Odil Kabilov uzil-kesil 9 yil;

Agentlik ta’sischisi Xushvaqt Turdiyev 8 yil 3 oy;

Agentlikning o‘quv ishlari bo‘limi direktori Musurmon Aliqulov 8 yil 3 oy;

Toshkentda 2300 dan ziyod kishini chuv tushirgan agentlik qalloblari ustidan sud boshlandi

Agentlikning Namangan viloyat filiali ish yurituvchisi Anvarjon Shamshiddinovga 8 yil 3 oy;

Agentlikning Namangan viloyat filiali g‘aznachisi Orifjon Jo‘rayev 8 yil 3 oy;

Agentlikning hamkori Kang Nam Kuga 8 yil 6 oy;

Vositachi Jolol Xidirovga 6 yil;

Vositachi Furqat Kamalov 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Mahkumlar 3-yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan.

Shuningdek, agentlikning hisobchisi Mavluda Otajonovaga 5-yil 9 oy 21 kun, agentlikning kadrlar bo‘limi inspektori Ra’no Nuraliyevaga 6-yil 1 oy, MChJ agenti Iroda Djabborovaga 6-yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi hamda tayinlangan jazo shartli hisoblanib, 3-yil sinov muddati belgilandi.

Sudlanuvchilar O‘zbekiston JKning 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) va boshqa moddalarda nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Sudlanuvchilardan jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirish belgilandi.