FVV tizimida ikki nafar xodim koronavirus asoratlari tufayli vafot etdi

Qo‘ng‘irot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Kuanishbay Akimov hamda Xorazm viloyati FVB Qo‘shko‘pir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor Doniyor Jabbarov vafot etdi.
Sputnik

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ikki nafar xodim koronavirus asoratlari tufayli vafot etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB Qo‘ng‘irot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Kuanishbay Akimov  hamda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qo‘shko‘pir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor Doniyor Jabbarov  vafot etgan.

Shu kunga qadar ushbu xodimlarning koronavirus  bilan xastalanib, shifoxonaga yotqizilganligi ma’lum bo‘lgan edi.

Podpolkovnik Kuanishbay Akimov 20-yildan ortiq muddat davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Yong‘in xavfsizligi boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat qilib kelgan.

FVV tizimida ikki nafar xodim koronavirus asoratlari tufayli vafot etdi

Mayor Doniyor  Jabbarov ham vazirlik tizimida 2005-yil aprel oyidan buyon turli lavozimlarda xizmat qilgan.

FVV tizimida ikki nafar xodim koronavirus asoratlari tufayli vafot etdi

Ta’kidlanishicha, ular xalqning tinchligi va farovonligi yo‘lida o‘z xizmat burchini bajarish chog‘ida ushbu kasallikni yuqtirib olganlar.

Vazirlik ularning vafoti munosabati bilan marhumlarning oila a’zolariga chuqur ta’ziya izhor etgan.