Bugun O‘zbekistonda 2635ta maktablarda darslar boshlandi

O‘zbekistonda 14-sentabrdan jami maktablarning 25% an’anaviy tartibda ish boshladi. Qolgan maktablar epidemiologik vaziyatga qarab 1-oktabrgacha ochilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 14 sen - Sputnik. Bugun O‘zbekiston bo‘yicha 2635ta maktablarda an’anaviy darslar boshlandi, ushbu hisobga 7-sentabrda ochilgan maktablar soni ham qo‘shilgan, deb xabar qilmoqda Xalq ta’limi vazirligi.

O‘zbekistonda 329 ta maktab o‘quvchilari uchun o‘z eshiklarini ochdi

Eslatib o‘tamiz, Xalq ta’limi vazirligi va Maxsus komissiya qaroiga ko‘ra, O‘zbekiston hududida maktablar oktabr oyiga qadar faqat tuman deputatlari Mahalliy kengashi xulosasiga ko‘ra ochilishi mumkin. Qaror har bir hudud, mavjud epidemiologik vaziyatdan, o‘qituvchilarda aniqlangan koronavirus ko‘rsatkichi, hududdagi sog‘liqni saqlash tizimining tayyorligidan kelib chiqqan holda qabul qilinadi. Bu har biri hududdagi obyektiv vaziyatdan kelib chiqqan holda, individual va samarali yondashuv imkonini beradi. 

Undan tashqari ota-onalar ham bolalarini maktabga yuborish yoki yubormaslik haqida o‘zlari qaror qabul qilishlari mumkin. Maktabga bormagan bolalar esa “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali ta’minlanadi.

Har bir viloyat va tuman kesimida faoliyati tiklanayotgan maktablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishliligi bo‘yicha hokimliklar va tuman xalq ta’limi bo‘limlari rasmiy internet tarmoqlarida e’lon qilinishi belgilangan. Shu bilan birgalikda, maktablar sinf rahbarlari orqali ota-onalarni xabardor qiladilar.

Bugun O‘zbekistonda 2635ta maktablarda darslar boshlandi