TOShKENT, 13 sen — Sputnik. O‘zbekistonda o‘tgan tun davomida yana 192 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 47 042 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
Yangi kasallanganlarning 96 nafari Toshkent shahrida, 51 nafari Samarqand viloyatida, 17 nafari Andijon viloyatida, 9 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, yana 8 nafari Toshkent viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Zangiota tumanida yashagan 83 yoshli B.R. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 74 yoshli X.Z. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlar soni 388 nafarni tashkil etmoqda.
Shu paytga qadar mamlakatda 43 511 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 3 143 nafar bemor davolanmoqda.