TOShKENT, 12 sen - Sputnik. O‘zbekistonda 12-sentabr soat 17:00 holatiga ko‘ra yangi turdagi koronavirus - "COVID-19"ga chalinganlar soni 46 721 nafarga yetdi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
Shu bilan birga, mamlakatning 10ta hududida 336 nafar bemor infeksiyadan sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan.
Yangi kasallanish holatlarining 198 nafari Toshkent shahrida hamda 25 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, ikki keksa yoshdagi bemor ayollar koronavirus oqibatida vafot etishgan. Jami qurbonlar soni 384 nafarga yetgan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusga chalingan bemorlar soni 28 milliondan oshgan. COVID-19 oqibatida 906 ming inson vafot etgan. Eng ko‘p kasallanganlar AQShda — 6,3 million bemor. Infeksiya eng ko‘p tarqalgan davlatlar o‘ntaligidan shuningdek, Hindiston, Braziliya, Rossiya, Peru, Kolumbiya, Meksika, JAR, Ispaniya va Argentina o‘rin olgan.
O‘zbekiston MDH hududida bemorlanganlar soni bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda.