TOShKENT, 12 sen - Sputnik. AQSh bo‘lajak urushni qudrati jihatdan o‘ziga teng derjava bilan olib boradi va u ulkan qurbonlarga sabab bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi amerika HHK shtab rahbari Charlz Braun. Uning "O‘zgarishlarni tezlashtirish yoki boy berish" mavzusidagi dokladidan iqtiboslar Defense News portalida keltirilgan.
"Biz urushni Ikkinchi jahon urushi davrida yuz bergan jangovar yo‘qotishlar va xalqqa qarshi xatarlarga o‘xshash xavflar bilan olib borishga tayyor bo‘lishimiz kerak", - degan Braun.
Shtab rahbarining ta’kidlashicha, avvalgi rahbariyatning qarorlari Hitoy va Rossiya bilan bo‘layotgan shiddat bilan o‘zgaruvchi poygada zarur bo‘lgan natijalarga erishishga imkon qoldirmagan.
Braunning aytishicha, Vashington AQSh harbiy salohiyatiga teng keluvchi salohiyatga ega davlat bilan to‘qnash kelishi mumkin. Va u ameprika qo‘shinlari so‘nggi ikki o‘n yillikda olib borgan harakatlardan keskin farq qiladi.
"Kelajakdagi urush qirg‘oqlarimizdan chetda qolmaydi", - deya xulosa qilgan amerika HHK shtabining yangi rahbari.
Ta’kidlanishicha, Braun HHK rivojlantirish yuzasidan o‘z qarashlari haqida 14-sentabr kuni ma’lumot beradi.
Charlz Braun shtab qo‘mondonligini 6-avgust kuni qabul qilib olgan.