Antirekord: O‘zbekistonda bir kunda 749 kishida koronavirus aniqlandi

Ushbu holat joriy yil 3-avgust kuni koronavirus qayd etilgan 748 nafarlik ko‘rsatkichdan oshganligi ta’kidlanmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 11 sen - Sputnik. O‘zbekistonda 10-sentabr kuni 749 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati.

O‘zbekistonda "maska rejimi" bekor qilingani yo‘q. Biroq ko‘pchilik niqobsiz ko‘chaga chiqmoqda

Ushbu holat joriy yil 3-avgust kuni koronavirus qayd etilgan 748 nafarlik ko‘rsatkichdan oshganligi ta’kidlanmoqda.

Shu bilan birga, Toshkent viloyatida 4 nafar, Toshkent shahrida 3 nafar, jami 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 45 679 nafar bemordan 42 555 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 %ni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 751 nafar bemordan 439 nafari og‘ir, 219 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 373 kishi infeksiya qurboniga aylangan.

Sal oldin SSV ko‘cha, bozor va boshqa jamoat joylarida aksariyat fuqarolarning karantin, niqob taqish qoidalarini qo‘pollik bilan buzish holatlari ko‘payib borayotganidan havotirda ekanini bildirgan edi.