Jizzaxda Lacetti katta tezlikda avariya sodir qildi va yonib ketdi

M-39 yo‘lining Jizzax viloyatidan o‘tgan qismida ayanchi YTH sodir bo‘ldi: bir avtomobil yonib ketdi, 2 kishi qurbon bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 10 sen - Sputnik. Kecha 9 sentbar kuni soat 18:30 larda M-39 "Toshkent - Termez" yo‘lining Jizzax ivloyati Sharof Rashidov tumanidan o‘tgan qismida YTH sodir bo‘ldi deb xabar qilmoqa Tergov departamenti.

M-39 avtomobil yo‘lining 997 kilometrida “Lacetti” rusumli avtomashina katta tezlikda harakatlanib, shu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan boshqa bir “Lacetti” rusumli avtomashinaning chap yon tomoniga  urilib, yo‘lni bo‘lib turgan beton to‘siqni buzib o‘tib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan “Kia” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Yil boshidan buyon o‘lim bilan bog‘liq nechta YTH sodir etildi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, katta tezlikda harakatlanib kelgan “Lacetti” avtomashinasida yong‘in kelib chiqqan, avtomashinada bo‘lgan haydovchi va bir nafar yo‘lovchi hodisa joyda vafot etgan, qolgan 3 nafar yo‘lovchilar tibbiy muassasasiga yotqizilgan.

Ikkinchi “Lacetti” yo‘l chetiga chiqib ketgan, mashina haydovchisi va yo‘lovchi tan jarohatlari olmagan. Qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelgan “Kia” yuk avtomashina haydovchisi ham tan jarohatlari olmagan. 

YTH tafsilotlari aniqlashtirilmoqda, voqea joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda.

Jizzaxda Lacetti katta tezlikda avariya sodir qildi va yonib ketdi