Badavlat burjuychalar va aytishniklarga hokimiyat kerak bo‘lib qoldi - Lukashenko

Lukashenko Belarusdagi voqealarning tashqi va ichki sabablarini, namoyishchilarni kim va qanday boshqarib turganini aytib berdi.
Sputnik

TOShKENT, 10 sen - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko rossiyalik jurnalistlarga bergan katta intervyusida bugungi kunda mamlakatda sodir bo‘layotgan norozilik namoyishlarining tashqi va ichki sabablarini, ularni kimlar va qay tarzda uyushtirayotganini batafsil aytib berdi. 

Tashqi sabablar

Belarus yetakchisining so‘zlariga ko‘ra tartibsizliklar AQSh tomonidan Polsha va Chexiyada tashikil qilingan boshqaruv markazlari orqali uyushtirilmoqda.

AQSh va Yevropa mamlakatlari Belarus bo‘yicha qo‘shma bayonot matnini e’lon qilishdi

"Aslida Belarusda hech qanday destabilizatsiya bo‘lgani yo‘q. Mana o‘zingiz kecha keldingiz, ko‘rdingiz, hamma joy tinch, hamma joyda tartib saqlanmoqda, ko‘chalar toza. Bizda odatda ish kunlarida ana shunday, faqat yakshanba kunlari odamlar biroz ko‘chalarga chiqib yurishmoqda. ... Ularni esa Amerikaliklar Varshava yaqinidagi markazdan turib boshqarib turishibdi. Hammaga ma’lum telegram kanallar orqali. Yana bir markaz Cheiyada. Keyin Litva va afsuski Ukrainada ham ana shunday markaz yaratilmoqda.

O‘zingiz ko‘rdingiz, telegramdagi ma’lum kanalda kvadrat chizishdi, oddamlar o‘sha yerga borishdi. U yerda biroz turishganidan so‘ng yana bir kvadrat chizishdi - odamla u tomon yurishdi. Keyin esa "Mustaqillik maydoniga boringlar" degan komanda berildi. Ular ana shunday boshqarilmoqda.

Bu bir tomondan, keyin bizni yana boshqa tomondan ham "qitiqlashmoqchi" bo‘lishdi. Belarus chegarasi yaqinida keng ko‘lamli NATO o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Biz shundan so‘ng chegaramizning Rossiyadan boshqa barcha tomonini qo‘riqlashni kuchaytirdik. Hatto Ukraina tomonni ham", - dedi Belarus prezidenti.

Ichki sabablar

Aleksandr Lukashenko aytishiga ko‘ra, Belarusda norozilik namoyishlari uyushtirish uchun jiddiy ichki sabablar yo‘q. Chunki iqtisodiy tomondan Respublikada muammolar yo‘q. 

Qayerdadir bezdirgandirman - Lukashenko o‘z xalqining unga munosabati haqida

"Bizda iqtisod qiynalib bo‘lsa ham ishlamoqda. Bu yil Qishloq xo‘jaliga va sanoat o‘sishi 7 %ni tashkil qildi. Pandemiya vaqtida YaIM bor yo‘g‘i 1,2%ga kamaydi. Yil oxirigacha 0% ga yetkazmoqchimiz. Balkim yetkazarmiz ham. Bizda aholining real daromadlari yarim yilda 5,4 %ga o‘sdi. Men bilishimcha Rossiyada ushbu ko‘rsatgich kamaygan", - dedi Lukashenko. 

Prezident so‘zlariga jiddiy bo‘lmagan ichki sabablardan biri - bu uning prezident lavozimida juda uzoq qolib ketishi bo‘lishi mumkin. "Men ushbu lavozimda bizroz ko‘proq qolib ketdim. Balkim aholining ayrim guruhlari joniga ham tekkandirman", - dedi Lukashenko.

Lukashenko fikriga ko‘ra, ichki sabablarning asosiysi - bu mamlakatda burjuylar, ya’ni boy kishilar va IT sohasida ishlaydiganlar paydo bo‘lishi. 

"Bizda burjuychalar paydo bo‘lgan, boy kishilar, aytishniklar. Ularni men o‘zim mana shu qo‘llarim bilan katta qilganman. Ularga dunyoning hech qayerida yo‘q bo‘lgan sharoitlarni yaratib berganman. Mana shu toifadagi boy badavlat hashamatli uylarda yashaydigan odamlarga hokimiyat kerak bo‘lib qoldi", - dedi Belarus prezidenti.  

Lekin burjuychalar yashirinmoqda. Namoyishlarda ularning quloqlari ko‘rinmayapti. Birorta ham xususiy korxona norozilik namoyishlariga chiqqani yo‘q. Chunki ularda muammo yo‘q. Agar ishchilarning oyligi berilmaganida edi - ularni to‘xtatib bo‘lmasdi. 

Mening aybim shundaki, bizning OAVlar Telegram-kanallarda tarqatilayotgan mish-mish va uydirmalarga qarshi raqobatchilik qila olmayapti. Men rostgo‘y siyosat va rostgo‘y OAV tarafdoriman, - dedi Lukashenko. 

"Bunday voqea Rossiyada ham boshqa joyda ham kutilmaganda sodir bo‘lishi mumkin. Bizda bundan bo‘lishini hech kim kutmagandi. Ular telegram kanallar orqali yoshlarning miyasiga shunday chuqur kirib olishini hech kim kutmagandi. Sizu biz kattalar har narsaga ishonmavermaymiz, lekin yoshlarchi?

Bugun ular bilan hech kim shug‘ullanmaydi. Na madaniyat, na boshqa tomondan. Hamma narsa internet orqali. Balkim biz yangi avlodni qo‘ldan chiqardik yoki hayot o‘zgargan. Lekin biz kurashishimiz kerak. o‘zimiz uchun emas ular uchun kurashishimiz kerak. Aks holda o‘z hayotimiz davomida buning oqibatini ko‘ramiz.

Ana shunday qilib, tinch va osoyishta Belarusda bugun siz ko‘rib turgan voqealar bo‘lmoqa",- deydi Lukashenko. 

Belarus prezidentining Rossiya OAVlariga bergan intervyusining to‘liq ko‘rinishda quyida tanishing.