Dollar taqdiri: jiddiy tebranishlar yuz beradimi?

So‘mning AQSh dollariga nisbatan aprel oyidagi keskin tebranish - qariyb 6% atrofidagi qadrsizlanishidan keyin, may-avgust oylarida almashuv kursi nisbatan barqaror tarzda tebranayotganligi kuzatilmoqda, deb qayd etdi MB raisi.
Sputnik

TOShKENT, 10 sen - Sputnik. Kuz-qish mavsumida o‘zbek so‘mining valyutaga nisbatan qadrsizlanmasligi imkoniyatlari haqida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar qiladi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Dollar uchun gilotina qayerda tayyorlanmoqda va u qachon ishga tushadi

MB raisining aytishicha, jahon iqtisodiyotidagi vaziyatning yomonlashuvi, valyuta tushumlari kamayishi va tashqi savdo aloqalardagi hajmning pasayishi aksariyat davlatlar milliy valyutalari qadrsizlanishi fonida shakllanib bordi.

"Mana bugungi kunda AQSh dollari ham 8,2% miqdorida qadrsizlanyapti. Bizning so‘mimizni almashinuv kursi ham xuddi shu devalvatsion fon sharoitida o‘zini tebranishini amalga oshirib bordi. Aprel oyidagi keskin tebranish - qariyb 6% atrofidagi qadrsizlanishdan keyin, may-avgust oylarida so‘m kursi nisbatan barqaror tebranayotganini kuzatayapmiz", - deya tushuntirdi Nurmuratov. 

"Kalmar-vampir" vahima qilmoqda: dollar dunyo valyutasi maqomini yo‘qotishi mumkin

Ta’kidlanishicha, umuman, oxirgi 7 oy davomida umumiy devalvatsiya darajasi 8% atrofida shakllandi.

MB valyuta kursi bo‘yicha prognoz berishdan yiroq, lekin tahlillar va kuzatuvlar so‘m kursi "jiddiy tebranishlarsiz shakllanishidan dalolat bermoqda", deydi Nurmuratov.

"Kelgusida biz valyuta kursini o‘zini fundamental trendiga yaqin darajada shakllanishini va real effektiv almashuv kursida jiddiy tebranishlar ro‘y bermasligini kutmoqdamiz", - deya aniqlik kiritdi u.