TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan YeOII mamlakatlari o‘rtasida chegaralarni ochish masalasini ko‘rib chiqish fursati kelganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, umumiy epidemiologik vaziyat bu masalani ko‘tarishga imkon beradi.
“... hozir umumiy epidemiologik vaziyat va uni tushunish buni YeOII doirasidagi muhokamalar masalasi bo‘lishiga, qanday va qanday jadvallarda bu vaziyatdan chiqishimiz mumkinligini tushunishga urinishga imkon beradi”, - dedi u hukumat yig‘ilishida.
Pashinyan arman tomoni buni muhokama qilish tashabbusini bildirganini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, YeOIIga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo.