TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Qozog‘istonlik volontorlar Nur-Sultonda to‘rtta zo‘rlangan daydi kuchuk va mushuklarni aniqlashgani haqida ma’lum qilishdi. Jonivorlarning to‘rttasi jinsiy a’zolarida yirtilishlar bilan veterinariya klinikasiga olib borilgan.
Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar bermoqda.
Seshanba kuni volontorlar to‘rtta it ustida jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik amalga oshirilgani faktini tasdiqlovchi tibbiy xulosani qo‘lga kiritganlar.
"Jonivorlardan birida qon ketish kuzatilayotgan edi. Uni zudlik bilan klinikaga olib bordik. 7-sentabr kuni yana uchta itni klinikaga yetkazdik va politsiyaga murojaat qildik. 8-sentabr kuni izolyatordagi to‘rtala it ustidan jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik amalga oshirilgani to‘g‘risidagi faktni tasdiqlovchi tibbiy xulosani qo‘lga kiritdik. O‘sha kunning o‘zidayoq "Astana Vetservis" rahbariyatini yuz bergan shafqatsizlik haqida og‘zaki ogohlantirdik. Ertasi kuni yozma shaklda ogohlantirish yo‘lladik", – deyiladi xabarda.
Veterinarlarning ma’lum qilishicha, to‘rtala it olgan jarohatlar bir xil. Shikastlar bir necha kun farqi bilan yetkazilgan. Xabarda aytilishicha, jonivorlar ushbu izolyatorda anchadan buyon saqlanib keladi. Volontorlar ushbu ish albatta o‘z yakuniga yetkazilishiga umid bildirganlar. Volonterlarning fikricha, itlar ustidan zo‘ravonlik, chamasi doimiy xarakter kasb etadi va pul topish maqsadida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.
Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.