Senat va vazirliklar migrantlarni himoya qilish uchun chora-tadbirlar tayyorlamoqda

O‘zbekiston Rossiya bilan migratsiya sohasida tuzilgan ikki tomonlama bitimlar ijrosini puxtaroq o‘rganishga qaror qildi.
Sputnik

TOShKENT, 9 sen - Sputnik. Kecha 8-sentabr kuni Tashqi mehnat migrasiyasi vazirligida Rossiyada vaqtincha mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarini himoyasini ta’minlashga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra majlisda mehnat migrantlarining huquqiy va ijtimoiy himoya qilish uchun qo‘shimcha kafolatlar va imkoniyatlar yaratish mexanizmlarini takomillashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan. 

Undan tashqari mehnat migrasiyasi sohasidagi O‘zbekiston va Rossiya orasidagi bitimlari ijrosi holatini puxtaroq o‘rganishga qaror qilingan.

Rostovda qolib ketgan o‘zbekistonliklar uchun yangi vaqtinchalik lager qurib berildi

Ushbu muhokamada bandlik va mehnat munosabatlari, sog‘liqni saqlash, tashqi ishlar, transport, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, qurilish va ichki ishlar vazirliklari rahbarlari, shuningdek Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi a’zolari ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kun holatiga 3 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaning Samara va Rostov viloyatlarida chegaraga yaqin bo‘lgan temir yo‘l stansiyalarida vataniga qaytishni kutib qolishmoqda. Ular og‘ir sharoitlarda, palatka yoki sellofan chodirlard 1-2 haftalab kutib qolishga majbur bo‘lishmodqda. Mahalliy hukumat va nodavlat tashkilotlar ularga sharoit yaratishga, oziq-ovqat bilan ta’minlashga harakat qilishmoqda.