Samarqandda prorektor yordamchisi talabadan 800 $ olganida qo‘lga tushdi

Samarqand Davlat universiteti prorektori yordamchisi talabaning o‘qishini Urganch Davlat universitetiga ko‘chirib berishga va’da qilgan. O‘z xizmati evaziga  800 AQSh dollar so‘ragan.
Sputnik

TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Samarqandda prorektor yordamchisi talabadan 800 $ olganida qo‘lga tushdi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Qoraqalpog‘istonda dekan o‘rinbosari pora olayotgan vaqtda qo‘lga tushdi

BP huzuridagi Departament va IIBning Samarqand shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand Davlat universiteti prorektori yordamchisi U.E. qo‘lga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, yordamchi universitet talabasi S.ning ishonchiga kirib, uning o‘qishini Oliy ta’lim vazirligida yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali, Urganch Davlat universitetiga ko‘chirib berishga va’da qilgan.

Pullarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan prorektori yordamchisi U.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilm