Olimlar bong urmoqda: koronavirus yurak hujayralarini "kesmoqda"

Koronavirusning yurakka xatarli ta’siri tufayli amerikalik olimlar COVID-19 ni birgina respiratorli kasallik deb tan olmaslikka chaqirishmoqda
Sputnik

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. SARS-CoV-2 koronavirus shtammi yurak hujayralariga jiddiy zarar yetkazmoqda, deb yozadi amerikaning Stat yangiliklar portali San-Fransiskodagi Gladston instituti olimlari tadqiqotlariga tayangan holda.

Sentabr oxirida koronavirus bilan yoppasiga bemorlanish boshlanishi mumkin - Boronov

Mutaxassislar koronavirusdan vafot etganlarning yurak-qon tomir to‘qimalari holatini baholashgan. Tadqiqot davomida amerikalik olimlar havotirli xulosalarga kelganlar.

Xususan, COVID-19 vaqtida "inson hujayralarida qirg‘in" holati ro‘y berishi, bunday vaziyat boshqa kasalliklarda kuzatilmaydi.

Tadqiqotlarda ma’lum bo‘lishicha, yurak mushaklarining bir qismi go‘yoki jarrohlik yo‘li bilan tilib tashlangan ko‘rinishda bo‘lgan. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu patologiya odatda kuzatiladigan orttirilgan yoki irsiy kasalliklar bilan umumiy bog‘liqliklarga ega emas.

Bundan tashqari, mutaxassislar hujayra yadrolarida DNK joylarida qora teshiklarni aniqlaganlar.

Olimlar fikricha, aniqlangan patologiyalar koronavirusning oddiy formasi bilan bemorlanganda uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan nafas olish og‘irlashishi va nimjonlik holatlariga bir oz bo‘lsada aniqlik kiritadi.

Koronavirusning yurakka xatarli ta’siri tufayli amerikalik olimlar COVID-19 ni birgina respiratorli kasallik deb tan olmaslikka chaqirishmoqda.