Andijonlik erkak stuardessa bo‘lishni orzu qilgan qizni 1000 $ga chuv tushirdi

Ayol stuardessa bo‘lish orzusi amalga oshishini ikki yil davomida kutib kelgan. Ammo uning bu orzusi orzuligicha qoladigan bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 9 sen - Sputnik. Toshkent shahri Yunusobod tumanida stuardessa bo‘lishni orzu qilgan qiz firibgarga 1000 $ pulini berib yubordi. Bu haqda IIBB matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Uzbekistan Airways stuardessasi eng chiroyli qizlar uchtaligiga kirdi

Xabarda aytilishicha, Yunusobod tumani ichki ishlar organlariga 28 yoshli Muhabbat Yu. shu haqda murojaat qilgan.

Ayol o‘z arizasida ikki yil oldin tanishlari orqali aviakompaniyaga stuardessalikka joylashtirishni va’da qilgan andijonlik 26 yoshli Farxod A.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

Erkak o‘z xizmati evaziga qizdan oldindan 1000 AQSh dollari olgan. Ammo ishga joylamagan va olgan pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida sarflab yuborgan.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi ("Firibgarlik") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.