Turkiyada terakt uyushtirgan Abdulqodir Masharipovga 1368-yil qamoq jazosi berildi

Istanbul tungi klubida qonli terakt amalga oshirgan, kelib chiqishi o‘zbekistondan bo‘lgan Abdulqodir Masharipovga 40 marotaba umurbod qamoq jazosi belgilandi.
Sputnik

TOShKENT, 8 sen - Sputnik. Turkiyada terakt uyushtirgan o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipovga 1368-yil qamoq jazosi berildi, deb xabar qilmodqa Anadolu agentligi. 

Eslatib o‘tamiz, Abdulqodir Mashairpov 2017-yil yangi yil arafasida Istanbuldagi Reina tungi klubiga avtomat bilan bostirib kirib odamlarni o‘qqa tutgan. Hujum oqibatida 39 kishi qurbon bo‘lgan edi o‘nlab odamlar jarohat olgan edi. Keyinroq ushbu terakt uchun javobgarlikni "Islomiy davlat" terrorchi guruhi o‘z zimmasiga oldi. 

Masharipovning o‘zi ushbu teraktni diniy qarashlari tufayli amalga oshirganini xabar qilgan bo‘lsada, Turkiya manbaalari Mashairpov amalga oshirgan jinoyati uchun 150 ming AQSh dollari miqdorida to‘lov olganini ta’kidlashmoqda. 

Istanbul sudi Masharipovni 39 kishining o‘limida, 79 kishining hayotiga tajovuz qilishda, Konstitutsiyani buzishda, noqonuniy qurol olib yurishda va terrorchi tashkilotga a’zo bo‘lishda aybladi va 1368 yil qamoq hamda 375 ming lira jarima to‘lashga mahkum qildi.

Masharipov Istanbuldagi tungi klub teraktidagi aybini inkor etmoqda

Undan tashqari sud terakt uyushtirishda yordam bergan Ilyos Masharipovni ham 1432-yil qamoq jazosiga mahkum qilgan.

Undan tashqari, sud Masharipovning xotini Zarina Kazanlayeva hamda terrorchi tashkilot a’zosi bo‘lgan Yasir Moxammed Salem Radaunni 12-yil qamoq jazosiga mahkum qilgan. 

Masharipov bilan birga yashagan Tene Traorega 7-yil, terrorchi tashkilot a’zo bo‘lgan Djelil Chelikka 10-yil qamoq jazosi berilgan.