Mirishkor tumani hokimi va uning o‘rinbosari vafot etdi

2020 yil 4-mart kuni Mirishkor tumani hokimi etib tayinlangan G‘ayrat Begaliyev koronavirusdan vafot etdi.
Sputnik

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar qilmoqda.

“Marhumda koronavirus infeksiyasi aniqlanib, davolanishda bo‘lgan”, - deyilgan xabarda.

O‘zbekiston Qahramoni, senator Musa Yerniyazov koronavirusdan vafot etdi

G‘ayrat Begaliyev 2020-yil 4-mart kuni Mirishkor tumani hokimi etib tayinlangan edi.

6 sentabr kuni Mirishkor tumani hokimining o‘rinbosari Mansur Rahmonov ham vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov koronavirusdan vafot etgan edi.