Mishustin kimni o‘zining murabbiyi deb hisoblashini aytdi

Rossiya bosh vaziri murabbiylikni ishonchga asoslangan nozik vosita deb atadi. Unda murabbiy va o‘quvchi bir-birlariga hamma narsa haqida hikoya qilib bera oladilar.
Sputnik

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin mamlakat prezidenti Vladimir Putinni o‘zining murabbiyi deb hisoblaydi.  Bu haqda u “Rossiya yetakchilari” boshqaruvchilar tanlovi tadbiridagi chiqishida ma’lum qildi.

“Bugun men uchun murabbiy – Rossiya prezidenti. Mutlaqo samimiy aytapman. Bu siz sutkada 24 soat maslahatlashishingiz, ishonishingiz mumkin bo‘lgan inson”, - dedi siyosatchi. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Mishustin – COVID dan tuzalish, Rossiya oltin-valyuta zaxiralari va bolalikdagi orzusi haqida

Bosh vazirning ta’kidlashicha, “balki, murabbiy bilan tez-tez maslahatlashmaslik ham mumkin, lekin u aniq yoningizda va aniq sizni qo‘llab-quvvatlaydi”.

“Shu bois men uchun murabbiylik – bu  ham kasbimdagi, ham shaxsiy hayotimdagi menga yaqin bo‘lgan insonlar”, - deya qo‘shimcha qildi Mishustin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi murabbiylari ota-onasi, keyin esa maktabdagi o‘qituvchilar bo‘lishgan.

Eslatib o‘tamiz, Putin 2020-yil yanvarida Mishustinni Rossiya hukumati rahbari etib tayinladi. U bunga qadar Federal soliq xizmat rahbari sifatida ishlab kelayotgan edi.