Kamilov Moskvadagi ShHT TIVK yig‘ilishida ishtirok etadi

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Moskva shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirliklari kengashining (ShHT TIVK) 9-10 sentabr kunlari Moskvada bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Lavrov va Kamilov qo‘ng‘iroqlashdi: TIV rahbarlari nimalarni muhokama qildi

“2020 yilning 9-10 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, tashqi siyosat idoralari rahbarlari bo‘lajak ShHT sammitiga tayyorgarlik bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladilar hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha fikr almashadilar.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Moskva shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda.