Toshkentning Olmazor tumanida yosh yigit o‘z tanishini pichoqlab qo‘ydi

Yigitlardan biri olgan tan jarohatlari bilan 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Sud-tibbiy ekspertizasi jabrdiydaga og‘ir tan jarohati yetkazilgan, degan xulosa bergan.
Sputnik

TOShKENT, 5 sen - Sputnik. Toshkent shahri o‘zaro gap talashib qolgan yigitlar o‘rtasidagi janjal pichoqbozlik bilan yakun topdi, deb xabar bermoqda Toshkent IIBB axborot-xizmati.

Pichoqlanib og‘ir ahvolda yotgan o‘smirning onasi prezidentga murojaat qildi

Xabarga ko‘ra, hodisa Olmazor tumanidagi kafelardan birida ro‘y bergan. 22 yoshli Xikmatullo to‘rt nafar tanishlari bilan kafeda o‘tirgan vaqtida 24 yoshli Temur bilan o‘zaro gap talashib qolgan. Mojaroni og‘zaki hal qilish uchun ko‘chaga chiqishgan vaqtida, Xikmatullo yonida olib yurgan pichoq bilan Temurga tan jarohatlari yetkazgan. 

Natijada, jabrdiyda olgan tan jarohatlari bilan 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan. Sud-tibbiy ekspertizasi jabrdiydaga og‘ir tan jarohati yetkazilgan, degan xulosa bergan.

Holat yuzasidan Olmazor tumani IIO FMB Tergov bo‘linmasi tomonidan Xikmatulloga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi bo‘yicha Xikmatullo O‘zbekiston JKning 104-moddasi 2-qismi "e" bandi (bezorilik oqibatida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, O‘zbekiston JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan. Hozirda unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash masalasi hal qilinmoqda.