TOShKENT, 4 sen - Sputnik. O‘zbekistonda 3-sentabr kuni 257 kishi koronavirusga chalingan. Bu so‘nggi 2 oy ichida qayd etilgan eng past ko‘rsatgich bo‘ldi, deb xabar qilmoqda SSV matbuot xizmati.
Bundan oldingi eng past natija 27 iyun kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda O‘zbekistonda 1 sutkada 255 kishi koronavirusga chalingan edi.
4 sentabr soat 10:00 holatiga O‘zbekistonda jami 42 909 nafar bemor qayd etilgan. Ulardan 40 176 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 %ni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari quyidagi viloyatlarda aniqlangan:
Toshkent shahrida - 70 nafar
Toshkent viloyatida - 16 nafar
Namangan viloyatida - 10 nafar
Samarqand viloyatida - 7 nafar
Qashqadaryo viloyatida - 3 nafar
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 287 nafar bemordan 351 nafari og‘ir, 181 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Ikki nafar bemor vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz Iyul Avgust oylarida O‘zbekistonda kuniga aniqlanayotgan yangi bemorlar soni 400-600 kishi atrofida, kasalxonalarda davolanayotganlar soni 7 mingdan oshgan edi.