Bloger sevgan qizi cho‘milayotgan vannaga bo‘yoq qo‘shib yubordi, bu hazil ko‘pchilikka yoqmadi

Qiz vanna qabul qilishni boshlagan va bir necha daqiqadan so‘ng bloger uning qiyqiriqlarini eshitadi. Shundan so‘ng u vannadan sochiq o‘rangan holatda chiqadi va ma’lum bo‘ladiki, ayolning qo‘l va oyoqlari to‘liq ko‘kish rangga kirgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 4 sen — Sputnik. YouTube-bloger Kristen Xenbi o‘z sevgan qizi Djesmin bilan hazillashish maqsadida u cho‘milmoqchi bo‘lgan vaqtda suv to‘la vannaga matolar uchun mo‘ljallangan bo‘yoqni aralashtirib yubordi. Blogerning ushbu harakati aks etgan prank internet foydalanuvchilarning aksariyatini qattiq g‘azablantirdi, deb xabar qiladi RIA Novosti.

Qaltis hazil: to‘yda kelin kuyovning g‘azabini keltirdi - video

Bloger videoni Instagramda e’lon qilgan.

Qiz vanna qabul qilishni boshlagach, oradan bir necha daqiqa o‘tib, uning qattiq qichqirig‘i blogergacha yetib keladi. Shundan so‘ng tezda qiz u vannadan sochiq o‘rangan holatda chiqib keladi, uning qo‘l va oyoqlari to‘liq ko‘kish rangga kirgan edi.

Xenbi qizning ustidan kulib, uni "dunyodagi eng badjahl smurf", deya ataydi.

Foydalanuvchilardan biri ushbu videoni Twitterda bo‘lishadi va prankerning bu qilig‘ini kulgili deb bilmasligini ma’lum qiladi. Bu fikrni ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlagan.

"41-razmer krossovka": DBQ bloger Ilya Varlamov videosi bo‘yicha munosabat bildirdi

"Bu ahmoqona hazil qizni o‘ldirishi mumkin edi. Mato uchun mo‘ljallangan bo‘yoq inson jinsiy a’zolari, ko‘zi yoki og‘ziga kirishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu o‘ta xavfli. Qiz darhol shifokorga murojaat qilmog‘i lozim, chunki bu uning sog‘lig‘iga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin", - deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

Ayrimlar Xenbini qiz bolaga nisbatan oddiy hurmat yo‘qligida ayblagan.

"Qiz unga nima qildi? Bunday narsalar odatda o‘ch olish maqsadida amalga oshiriladi, bunday hazillarni hech kim shunchaki qilmaydi", - deya qiziqsinashgan izoh qoldiruvchilar.

Ammo pranker yonini olganlar ham topilgan.

"O‘ylaymanki, shu videoni qoralayotgan qizlarning aksariyati agar yigit shu ko‘yga tushganida mazza qilib kulgan bo‘lardi", - deb yozgan internet foydalanuvchilardan biri.