O‘zbekiston Moskvadagi VDNX milliy pavilonida ko‘rgazmalarini tayyorlamoqda

Materiallar va eksponatlar O‘zbekistonning boy tarixi va milliy madaniyati, mamlakatda erishilgan yutuqlar bilan tanishtirishi, turizm va investitsiya salohiyatini ilgari surishi darkor.
Sputnik

TOShKENT, 3 sen — Sputnik. O‘zbekiston noyabr oyida Moskvadagi Butunrossiya ko‘rgazma markazi (VDNX) hududida o‘z ko‘rgazmalarini tayyorlaydi. Vazirlar mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.

Madaniyat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ekspozitsion markazini O‘zbekistonning zamonaviy madaniyati va tarixi to‘g‘risidagi materiallar va eksponatlar bilan jizohlash bo‘yicha tegishli tashkiliy va moliyaviy choralarni ko‘radi.

Moskvada VDNXdagi O‘zbekiston paviloni shu yil ochilishi mumkin

Materiallar va eksponatlar O‘zbekistonning boy tarixi va milliy madaniyati, mamlakatda erishilgan yutuqlar bilan tanishtirishi, turizm va investitsiya salohiyatini ilgari surishi darkor.

Qaror bilan Moskvada “O‘zbekiston Respublikasi ko‘rgazma-madaniy markazi” ekspozitsion markazini saqlash turish va undan foylanish direksiyasi tashkil etiladi.

Qurilish vazirligi va Toshkent shahar hokimligiga pavilonni rekonstruksiya va jihozlash ishlarini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti qarori bilan O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlari o‘rtasida Moskvadagi Butunrossiya ko‘rgazma markazi 66-pavilonida “O‘zbekiston Respublikasi ko‘rgazma madaniy markazi” ekspozitsion markazini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlangan edi. Pavilon O‘zbekistonga 49-yilga ijaraga berilgan.