Turkiya koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasi sinovlariga ruxsat berishi mumkin

Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri yaqin kunlarda koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasi sinovlariga ruxsat berilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Turkiya yaqin kunlarda koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasi sinovlariga ruxsat berishi mumkin. Bu haqda Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja ma’lum qildi.

“Biz Rossiyada ishlab chiqarilayotgan vaksina sinoviga so‘rov oldik. O‘ylaymanki, yaqin kunlarda bunga ruxsat beriladi”, - dedi Turkiya vaziri. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Tetik, sog‘lom va faol: Rossiyaning koronavirus vaksinasi keksalarda sinovdan o‘tdi

Kojaning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda Turkiyaning o‘zining ikkita vaksinasi sinovdan o‘tmoqda.

U bunday sinovlar faqat ko‘ngillilarda o‘tkazilishini qo‘shimcha qildi.

Koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasi

Avgust oyi boshida Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi ko‘magida Gamaleya nomidagi markaz mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilgan COVID-19 ga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. Preparat "Sputnik-V" nomini oldi.

Hozirda 20 dan ortiq mamlakatlardan "Sputnik-V" vaksinasiga milliard dozada talab kelib tushgan. Rossiya beshta mamlakatda preparatni ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Mavjud quvvatlar yiliga besh yuz million dozagacha vaksina ishlab chiqarish imkoniga ega.