Go‘zallik dunyoni qutqara olmadi: tanlovlar keyinga qoldirilmoqda

Xalqaro go‘zallik tanlovlari navbatma-navbat tadbirlar kelgusi - 2021-yilga qoldirilayotgani haqida e’lon qilishni boshladi
Sputnik

TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Hozirga qadar ma’lum bo‘lishicha, uchta yirik tanlovlar - "Dunyo go‘zali", "Koinot go‘zali" va "Miss Interneshnl - 2020" 2021-yilga qoldirildi.

"Har bir o‘zbek ayoli - malikaligini isbotladim" - birinchi "Toshkent go‘zali" bilan intervyu

COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan, "Dunyo go‘zali" tashkilotchilari joriy yilda tanlovni bekor qilishga majbur bo‘ldilar, chunki tanlov ishtirokchi bo‘lgan sohibjamollarning aksariyati yopiq chegaralar tufayli ishtirok eta olmaydilar.

Hozirda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, "Dunyo go‘zali" tanlovi bir yildan so‘ng, 2021-yilning oktabrida bo‘lib o‘tadi, hozircha esa tadbir tashkilotchilari ishtirokchilar va tomoshabinlar sog‘lig‘ini xatar ostiga qo‘ymoqchi emas.

Shuningdek, 69-marta o‘tkazilishi kutilayotgan "Koinot go‘zali - 2020" xalqaro tanlovi 2021-yilning fevral-mart oylarida o‘tkazilishi lozim. 20 nafar ishtirokchilarning barchasi tanlab bo‘lingan.

Har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan "Miss interneshnl - 2020" yanvar oyidan oktabrga qoldirilgan edi, endilikda esa 2021-yilda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. Tanlovning ushbu kechiktirilishi tarixda ikkinchi marta sodir bo‘lmoqda.

Xalqaro go‘zallik tanlovi 60-marta o‘tkaziladi va o‘z yubileyini Yaponiyan ing Yokogama shahrida nishonlaydi, gala-konsert kelgusi yil oktabrida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.