TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Farg‘onada 24 yoshli ayol o‘z chaqalog‘ini 1 5 00 Aqsh dollariga sotmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati ma’lum qilmoqda.
22 Fevral 2018, 18:43
Ayol o‘z bolasi uchun xaridor bilan o‘rtada kelishilgan puldan 500 AQSh dollarni olayotgan vaqtda IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushlangan.
Bundan tashqari uning yonidan yana kimoviy ishlov berilgan pullar ham ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Hozirda holat yuzasidan JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi harakatlari yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.