Uzoq qishloqlar ham keng polosali internetga ulanadi - vazir

Aholini uyali aloqa bilan qamrab olish darajasi 97%ga yetdi, ulardan 78% keng polosali mobil internetdan foydalanadi.
Sputnik

TOShKENT, 2 sen – Sputnik. O‘tgan yil davomida O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan quvvatlarni modernizatsiya qilish natijasida viloyatlarida magistral telekommunikatsiyalar o‘tkazish qobiliyati 2 baravar, tumanlarda – 4 baravarga oshirildi.

Bu haqida Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov “Pravda Vostoka” nashriga bergan intervyusida xabar qildi.

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha dunyo reytingida yana yuqoriladi

So‘nggi 2-yil ichida telekommunikatsiya sohasida yuqori natijalarga erishildi. Faqatgina o‘tgan yilda Respublika bo‘yicha 490 mingta keng polosali ulanish portlari o‘rnatildi. Shunday qilib keng polosali internetga ulangan abonentlar miqdori 2,5 millionga yetdi. Undan tashqari 9 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari o‘tkazildi.

Ushbu yil davomida mobil operatorlarning 1 375 ta baza stansiyalari o‘rnatildi. Aholini uyali aloqa bilan qamrab olish darajasi 97%ga yetdi, ulardan 78% keng polosali mobil internetdan foydalanadi.

Yil oxiriga qadar yana 800 mingta keng polosali internet-portlari hamda 12 ming km optik tolali aloqa liniyalari o‘tkazish belgilangan.

Ayniqsa uzoq qishloqlarni aloqa bilan ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Aholini keng polosali internet bilan ta’minlash 85%ga yetkaziladi. Shunday yo‘l bilan qishloq va shahar orasida raqamli tengsizlikka barham berish bo‘yicha navbatdagi qadam qo‘yiladi, - dedi vazir. 

Birinchi navbatda, albatta, ijtimoiy soha obyektlari  yuqori tezlikda ishlaydigan internetga ulanadi. Bular kasalxona va maktablar. Ayni damda ijtimoiy muhim obyektlarning 60 % optik tolali kabel orqali yuqori tezlikda ishlaydigan internetga ulangan. Ular orasida 5760ta maktab, 3782ta bog‘cha va 2233ta sog‘liqni saqlash tizimi obyektlari.

2020 yil oxiriga qadar umumta’lim maktablarining 80%, hamda bog‘cha va tibbiyot muassasalarining 100% yuqori tezlikda ishlaydigan internet bilan ta’minlanadi. Shuningdek eng uzoq qishloqlarda ham zamonaviy telekommunikatsion xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi.

Ayrim joylarda mobil internet tezligi nega pasayganiga izoh berildi

Vazir so‘zlariga ko‘ra, telekommunikatsion bozorni rivojlantirish uchun muhim faktorlardan biri – dastur-apparatli ta’minot hamda serverlar quvvatlari yetishmovchiligidir. Ma’lumotlar miqdori yil sayin geometrik progressiyada o‘sib borayotgani tufayli uni qayta ishlash uchun bir necha barobar ilg‘or texnika va tobora katta saqlash hajmlari kerak bo‘ladi. Shundan kelib chiqan holda data-sentrlar hajmini 10 baravarga oshirishga qaror qilingan.

Sodiqov aytishiga ko‘ra, Speedtest.net – xalqaro internet tezligini o‘lchash xizmati ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi yil davomida O‘zbekiston statsionar internet tezligi bo‘yicha 18 punkt, mobil internet tezligi bo‘yicha 7 punkt yuqoriga ko‘tarilgan.

Shu bilan birga ineternet xizmatlari narxi ham aholi uchun tobora arzonlashib bormoqda. Masalan 2019-yilda provayder va operatorlar uchun tariflar 85 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha arzonlashtirilgan. 2020-yil boshidan buyon esa – yana 20%ga arzonlashib, ayni damda 1 Mbit/s kanal ijara narxi 56 ming so‘mni tashkil qilmoqda.