Moskvada 5-sentabrdan koronavirusga qarshi emlash boshlanadi

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy ham birinchilardan bo‘lib koronavirusga qarshi emlandi.
Sputnik

TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Moskvada ko‘ngillilarni koronavirusga qarshi emlash ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi tadqiqotlar doirasida 5-7 sentabr kunlari boshlanadi. Bu haqda RIA Novostiga Gamaleya nomidagi markaz direktori Aleksandr Ginsburg ma’lum qildi.

“Taxminan 3-4... sentabr kunlari vaksina Moskva klinikalariga tarqatiladi. Avvaliga to‘qqiz-o‘nta klinika bo‘ladi, so‘ngra esa buni 20 tagacha yetkazamiz... 3-5 sentabr kunlari ko‘ngillilarning skriningi davom etadi, ular barcha tahlillarni topshirishlari kerak. Ehtimol 5-7, 7-sentabrda aniq, o‘ylaymanki, bevosita bu ko‘ngillilarni emlash boshlanadi”, - dedi u.

Rossiyaning yangi COVID-19ga qarshi vaksinasi haqida batafsil

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi raisi Vladimir Jirinovskiy ham birinchilardan bo‘lib koronavirusga qarshi emlandi.

“LDPR yetakchisi Rossiya SSV Gamaleya nomidagi markaz tomonidan ishlab chiqilgan dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyingi katta klinik tadqiqotlarining ko‘ngilli ishtirokchisi bo‘ldi”,  - deyilgan partiya matbuot xizmati xabarida.

Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov ham  “Sputnik V” vaksinasi bilan emlanganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatga olindi va u “Sputnik V” deb nomlandi. Unga 25 dan ziyod davlat qiziqish bildirmoqda.