Aleksey Navalniy "Novichok" bilan zaharlangan - nemis shifokorlari

Rossiya tomoni Berlin tomonidan bildirilayotgan bunday bayonotlardan bexabarligini, Rossiya bu singari ma’lumotlarga ega emasligini ma’lum qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 2 sen —  Sputnik. Germaniya kansleri Angela Merkel o‘zi "jinoyat qurboni" hisoblovchi Aleksey Navalniyning zaharlanishi haqidagi xabarni "tashvishli", deya izohladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Rossiya IIV Navalniy zaharlanishini tasdiqlovchi birorta dalil topmadi

Sal oldin Bundesver laboratoriyasi mutaxassislari Alekseya Navalniy nerv-falaj ta’siriga ega "Novichok" harbiy moddasi bilan zaharlangani haqida bayonot berishgan edi. GFR Vazirlar mahkamasi YeI va NATOdagi sheriklarni tergov natijalari haqida xabardor etish va qo‘shma munosabat bildirish va’dasini bergan edi.

"Aleksey Navalniy "Novichok" guruhiga mansub nerv-falaj harbiy moddasi yordamida uyushtirilgan hujum qurboniga aylandi. Ushbu og‘u hech qanday shak-shubhasiz analizlarda aniqlandi. Shu tariqa, Aleksey Navalniy jinoyat qurboni bo‘lgani tasdiqlandi. U jim bo‘lishi kerak edi. Men GFR hukumati nomidan buni keskin qoralayman", - degan Merkel.

Kanslerning aytishicha, Berlindagi Rossiya elchisiga ko‘rik natijalari haqida xabar berishgan va GFR Rossiya hukumatidan tushuntirish kutayotganini ta’kidlashgan.

Hammasi "Novichok" tufayli: Britaniya Rossiya bilan munosabatlarni to‘xtatmoqda

"Juda ko‘p murakkab savollar paydo bo‘ldi, ularga faqat Rossiya hukumati javob bera oladi va berishi zarur. Dunyo javoblarni kutmoqda", – degan Merkel.

Rossiya tomoni Alekseya Navalniy atrofidagi voqealarda Germaniya bilan har tomonlama hamkorlikka tayyorligini bildirgan, Kremlning ta’kidlashicha, oldinroq yuborilgan rasmiy so‘rovlarni Berlin javobsiz qoldirgan.

RAN Yevropa institutlari german tadqiqotlari markazi yetakchi ilmiy xodimi Aleksandr Kamkinga ko‘ra, GFRning Navalniy "zaharlanishi haqidagi bayonoti - bu rossiya hukumatiga bosim o‘tkazish maqsadida amalga oshirilayotgan buyurtma dermarshdir. Berlin bu voqeada bajaruvchi rolini bajarayotgan bo‘lishi mumkin, ammo shunga qaramay, ayrim siyosiy kuchlar Germaniyadan "Shimoliy oqim2" borasida qarashlarni qayta ko‘rib chiqishga undashi mumkin.

"Novichok" ishlab chiqarilishida bevosita ishtirok etgan rossiyalik olim Leonid Rinkka ko‘ra, Navalniydagi alomatlar ushbu modda bilan zaharlanishga mutlaqo o‘xshamaydi. Uning fikricha, Navalniyning "zaharlanishi" voqeasini "Novichok" bilan bog‘lashga urinish aslida siyosiy bema’nigarchilikdan boshqasimas, "zaharlanishni" dalillovchi probalar esa Rossiyaga hech qachon taqdim etilmaydi.

Navalniyning zaharlanishi

20 avgust kuni Tomksdan Moskvaga qarab uchayotgan va ichida Navalniy bo‘lgan samolyot Omskda shoshilinch qo‘nadi. Jamoatchilik vakili samolyot ichida o‘zini yomon his qilgan edi. Uni 1-tez tibbiy yordam kasalxonasiga yetkazishadi, Sog‘liqni saqlash vazirligi mintaqaviy bo‘linmasida bemor reanimatsiyada ekanligi tasdiqlandi.

Merkel AQShning “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalarini noqonuniy deb hisoblaydi

Navalniy Omsk shifoxonasiga yotqizilganidan so‘ng shifokorlar uning qon va siydik analizlarini sinchikovlik bilan o‘rganishgan. Xabarda aytilishiga ko‘ra 2 kun ichida Omsk shifokorlari 59ta analiz o‘tkazishib hech qanday zahar yoki zahar izlarini topishmagan edi.

Keyinchalik Navalniy xususiy samolyotda Germaniyaning Charite klinikasiga olib ketilgan edi. U yerda shifokorlar dastlabki xulosasiga ko‘ra, muxolifatchi “xolinesteraza ingibitori turkumidagi modda bilan zaharlangan bo‘lishi mumkin” degan dastlabki xulosaga kelishgan edi.

Asosiysi Navalniy tuzalib ketishiga yordam berish - Peskov

Moskvadagi 1-sonli Milliy kimyo-tibbiyot markazi Jonlantirish bo‘limi boshlig‘i Boris Teplix aytishiga qaraganda nemis shifokorlari aytayotgan versiya Rossiyalik shifokorlar tomonidan birinchi kundayoq tekshirilgan, lekin o‘z tasdig‘ini topmagan. Germaniyaliya shifokorlar hozircha zaharlanishning klinik xususiyatlari haqida gapirishmoqda, lekin zaharlovchi moddaning o‘zini topishgani yo‘q.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Navalniy zaharlanishi versiyasini YeI va AQSh tomonidan shoshilinch olg‘a surilishini shubhali, deb atashdi. Rossiya tomoni bo‘lib o‘tgan voqealarni sinchkovlik bilan tekshirish tarafdori.