TOShKENT, 1 sen — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 322 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
O‘tgan tun davomida Olmazor tumanida yashagan 58 yoshli S.N. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 45 yoshli B.Sh. (erkak) koronavirusga chalingan bemor vafot etgan.
Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 41 994 (+101) nafarga yetgan.
Shu paytga qadar 39 275 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda 2397 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 275 nafari og‘ir, 147 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.