O‘z joniga qasd qilishga uringan Tojikiston transport vaziri ishdan olindi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon transport vaziri Xudoyor Xudoyorzodani egallab turgan lavozimidan ozod qildi.
Sputnik

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Xudoyor Xudoyorzoda Tojikiston transport vaziri lavozimidan ozod qilindi. Mamlakat rahbari Emomali Rahmon tegishli farmonga imzo chekdi.

Tojikiston transport vaziri o‘z joniga qasd qilishga urindi

“Xudoyorzoda Xudoyor Zavqibek pensiyaga chiqishi munosabati Tojikiston Respublikasi Transport vaziri vazifasidan ozod qilinsin”, - deyilgan farmonda.

Sobiq bosh vazir o‘rinbosari Azim Ibrohim Xudoyorzodaning o‘rniga Tojikiston transport vaziri etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq respublika Bosh prokuraturasi amaldor o‘z kvartirasida joniga qasd qilishga uringani haqida xabar qilgan edi. Bunga oilaviy janjal sabab bo‘lgani aytilgan edi.