TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev kvazidavlat sektor xodimlari va amaldorlar sonini qisqartirishni buyurdi tezlashtirishni buyurdi.
"Pandemiya va davlat organlari xodimlarining aksariyati masofadan ishlashga o‘tkazilishi davlat apparatini qisqartirish mumkin va zarurligini ko‘rsatdi. Davlat apparati va kvazidavlat sektoridagi xodimlar qisqartirilishini tezlashtirishni buyuraman", - dedi Tokayev Qozog‘iston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida.
Ta’kidlanishicha, joriy yilda davlat organlarini 10%ga, kelgusi yilda esa yana 15%ga qisqartirish rejalashtirilmoqda.
"Shu tariqa, amaldorlarni 25%ga qiqartirish masalasini biz 2021-yilga kelib hal etamiz. Natijalarga ko‘ra hamda raqamlashtirishni hisobidan biz kelgusida qisqartirishni davom ettirish bo‘yicha qaror qabul qilamiz", - dedi Qozog‘iston prezidenti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "tejab qolingan mablag‘lar hisobiga qolgan ishchilarning maoshini oshirish nazarda tutilgan". "Davlat xizmatchisining past maoshi jamoatchilikka juda qimmatga tushmoqda", - deb qo‘shimcha qilgan Tokayev.