Samara viloyatidan 900 nafardan ziyod o‘zbekistonlik olib kelinmoqda

To‘qqiz yuz nafardan ziyod O‘zbekiston fuqarolari Samara viloyatidan vataniga poyezdda jo‘nab ketdi. U yerda yana bir necha yuzlab fuqarolar qolmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Yopiq chegaralar tufayli o‘z uylariga qayta olmagan 900 nafardan ziyod O‘zbekiston fuqarolari Samara viloyatidan vataniga poyezdda jo‘nab ketdi. Bu haqda RIA Novosti mintaqa hukumati matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Rostov va Samaradan maxsus poyezdlar bilan 2 mingga yaqin fuqarolar olib kelindi

Vataniga ketishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarolari 15-avgustdan Kinelga kela boshlagan. Avvaliga ular temir yo‘l vokzalidagi platformada joylashgan, 21-avgust kuni esa mintaqa hukumati ular uchun chodirli lager tashkillashtirgan. Vaqtinchalik joylashtirish punkti boshlig‘i Gleb Melnikovning so‘zlariga ko‘ra, 28-avgust holatiga ko‘ra Kinelda ikki mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, chodirli lager faqat 700 kishiga mo‘ljallangani bois qolganlari vaqtinchalik joylashtirish punkti atrofida joylashgan. Shu bilan birga, ularning barchasi oziq-ovqat bilan ta’minlanmoqda.

“922 kishini olib ketishdi. Chegaralar yopiq. O‘zbekiston fuqarolaridan yashash joylarida qolishlarini so‘rashmoqda”, - degan agentlik suhbatdoshi.

Ta’kidlanishicha, u yerda yana O‘zbekiston fuqarolari qolmoqda.

Toshkent muntazam ravishda fuqarolardan rus-qozoq chegarasida to‘planmaslik va charter reyslarni Rossiyada yashab turgan joyida kutib turishni so‘ramoqda.