Lavrov zamonaviy dunyodagi asosiy xatarlarni ma’lum qildi

Rossiya tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, terrorizm, narkojinoyatlar hamda ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishi dunyodagi eng asosiy xatarlardan sanaladi.
Sputnik

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Hozir dunyoda xatarlar hatto Ikkinchi jahon urushi vaqtidagiga qaraganda ko‘proq. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov MGIMO talabalari oldidagi chiqishida ma’lum qildi.

Lavrov AQShning DSNVga Xitoyni ham kiritish talablarini tanqid qildi

“Bugun dunyoda vaziyat, albatta, Ikkinchi jahon urushi vaqtida yuzaga kelgan vaziyat kabi qonli emas, lekin xatarlar ancha ko‘p, va xatarlar jiddiy”, - deya uning so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, terrorizm, giyohvand moddalariga oid jinoyatlar hamda ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishi dunyodagi eng asosiy xatarlardan sanaladi.

Rossiya vaziri ushbu barcha omillar xavf tug‘dirishi va har yili ko‘plab insonlarning umriga zavol bo‘lishini qo‘shimcha qildi.