Abituriyentlardan kirish imtihonlariga oldinroq kelish so‘raldi

Ta’kidlanishicha, bu ro‘yxatdan o‘tish jarayonlarini sanitariya meyorlariga rioya qilgan holda o‘tkazishga imkon beradi.
Sputnik

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Abituriyentlardan kirish imtihonlariga 1-1,5 soat oldin kelish so‘raldi.

Toshkentda kirish imtihonlari qaysi maydonchalarda bo‘lib o‘tadi?

“Hurmatli abituriyentlar! Kirish imtihonlari kuni ro‘yxatdan o‘tish jarayonlarini sanitariya meyorlariga rioya qilgan holda o‘tkazish uchun imtihon boshlanishidan 1-1,5 soat oldin kelishingizni so‘raymiz. Eslatib o‘tamiz, birinchi smenadagilarning imtihoni  soat 7:30 da boshlanadi, demak abituriyentlar soat 6:00 dan ro‘yxatdan o‘tishni boshlashlari mumkin”, - deyilgan Toshkent shahar IIBB xabarida.

Ta’kidlanishicha, Davlat test markazi tomonidan bir martalik tibbiy niqoblar va qo‘lqoplar tarqatiladi. Ulardan foydalanish majburiydir.

“Shuningdek ijtimoiy masofa saqlash qoidasi haqida ham unutmasligingizni so‘raymiz – siz va boshqa shaxs orasida uch metrlik masofa bo‘lishi kerak”, - deya qo‘shimcha qilingan xabarda.