TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Navbatdagi 287 nafar O‘zbekiston fuqarolari Rossiyada ishlash uchun uchib ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda yozilishicha, ular Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlashadi. Ilgari ushbu zavodda ishlash uchun O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.
Ular 14 kunlik karantindan so‘ng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish obyektlarida ish boshladi.
Eslatib o‘tamiz, 31-iyul kuni 144 nafar, 12-avgust kuni 84 nafar fuqarolar aynan mazkur zavod qurilishida ishlash uchun tashkillashtirilgan holda jo‘nab ketgan edi.