JSST koronavirusga qarshi Qozog‘iston vaksinasining klinik sinovlariga ruxsat berdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’qullagan ro‘yxatga 19 ta davlatda ishlab chiqilayotgan 33 ta vaksina kiritilgan.
Sputnik

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Qozog‘istonda koronavirusga qarshi ishlab chiqilayotgan vaksinani klinik sinovlariga ruxsat berilgan vaksinalar ro‘yxatiga kiritdi.

Vaksina Qozog‘iston ta’lim va ilm-fan vazirligi fan qo‘mitasining Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilmoqda. 

Rossiyaning yangi COVID-19ga qarshi vaksinasi haqida batafsil

JSST ma’qullagan ro‘yxatdan 19 ta davlatda ishlab chiqilayotgan 33 ta vaksina o‘rin olgan. Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘istonning faolsizlashtirilgan virusli vaksinasi klinik sinovlarning 1/2-bosqichidan o‘tmoqda.  

Shuningdek, JSST tomonidan klinik sinovlariga ruxsat berilgan vaksinalar ro‘yxatidan Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh, Germaniya, Yaponiya, Hindiston, Janubiy Koreya, Belgiya, Shvetsiya, Singapur, Italiya, Avstraliya, Tayvan, Kuba, Fransiya, Avstriya va Kanada vaksinalari ham joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatga olindi va u “Sputnik V” deb nomlandi. Unga 25 dan ziyod davlat qiziqish bildirmoqda. Jumladan, Qozog‘iston “Sputnik V” vaksinasini mamlakatga yetkazib berish to‘g‘risida bitim imzolagan.