"Tojdor virus" ko‘payishini to‘xtatadigan vitamin nomi ma’lum qilindi

Hindiston Mintaqaviy biotexnologiya markazi olimlari koronavirus ko‘payishining oldini oladigan vitaminni aniqladilar.
Sputnik

TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Hindistondagi Manipal oliy ta’lim akademiyasi va Mintaqaviy biotexnologiya markazi olimlari B12 vitamini koronavirus ko‘payishining oldini olishini aniqladilar.

Koronavirusni o‘ldiradigan mahsulot topildi – Fransiya tadqiqoti

Tadqiqot natijalari IUBMB Life jurnalida chop etildi.

Mutaxassislar tabiiy mahsulotlar va dori vositalar orasida qaysi molekulalar, SARS-Cov-2 genomida joylashgan va virusning ko‘payishi uchun javob beradigan nsp12ni bostirishi mumkinligini aniqlash uchun komputer model tadqiqot o‘tkazdilar.

B12 maxsus shakli - metilkobalamin - virus hujayralarining replikatsiyasini bostirishga qodirligi ma’lum bo‘ldi.

“Bu modda tibbiyot xodimlari, keksalar yoki surunkali hamroh kasalliklarga ega bo‘lgan shaxslar uchun profilaktika vosita sifatida, infeksiyani kamaytirish va kasalxonada shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun buyurilishi mumkin”, - deyilgan bayonotda.

Ammo, olimlarning ta’kidlashicha, COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarni davolash protokollariga o‘zgartirish kiritish uchun bir qator qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish zarur.